Karvonsaroy

Xalqaro donorlar Qozog‘istondagi quyosh elektr stansiyasini moliyalashtirishga va’da berdilar

Karvonsaroy

OSTONA – Chorshanba, 6-iyun kuni Qozog‘iston va xalqaro investorlar Qarag‘anda viloyatida quvvati 40 mVtga teng quyosh elektr stansiyasini barpo etishga oid shartnomani imzoladilar, deb xabar berdi Kazinform.

Shartnoma Qozog‘iston xorijiy sarmoyadorlar kengashining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi doirasida imzolandi.

Shartnomaga asosan, loyihaga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) 22 million AQSH dollari (7,3 milliard qozoq tengesi), “Green Technologies” jamg‘armasi 5,8 million AQSH dollari (1,9 milliard qozoq tengesi) va “Green Climate” jamg‘armasi 4,2 million AQSH dollari (1,3 milliard qozoq tengesi) ajratadi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, bu – mamlakatning muqobil energetikani rivojlantirishga qaratilgan oltinchi loyihasi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, mamlakatdagi shamol va quyosh elektr stansiyalarining quvvati 200 mVt ga yetadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500