DUSHANBE – Tojikiston 2028-2029-yillarda BMT xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zosi bo‘lish masalasida BMTga a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda dushanba, 18-iyun kuni Asia-Plus nashri tojik hukumatidagi manbaga asoslanib xabar berdi.
Shuningdek, Qirg‘iziston ham Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgan.
Har yili BMT Bosh assambleyasi ikki yillik muddatga Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan besh a’zosini saylaydi.