https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/06/19/newsbrief-01

O‘zbekiston Afg‘onistonning tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishga tayyor

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi dushanba, 18-iyun kuni afg‘on hukumati va Tolibonlar o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

“TIV tinchlik jarayonining istalgan bosqichida Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokalar uchun O‘zbekiston hududida barcha zarur shart-sharoitlar yaratishga tayyor”, deyiladi vazirlik xabarida.

Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, vazirlik bu borada Tolibonning yuqori lavozimli vakillari bilan aloqalar o‘rnatib, ishchi uchrashuvlar o‘tkazishga ham ulgurgan.

Tolibon o‘tgan hafta Hayit bayrami (15-17-iyun) kunlari 3 kunlik sulhga rozi bo‘lgan, biroq uning muddatini uzaytirishdan bosh tortgandi. Bu orada Afg‘oniston hukumati (19-iyun kuni tugagan) o‘zining 8 kunlik otashkesimini yana 10 kunga uzaytirgan.

Vazirlik o‘z bayonotida sulhning “cheksiz muddatga” uzaytirilishiga umid bildirgan.

Mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Afg‘oniston masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro anjuman chog‘ida afg‘on hukumati va Tolibon o‘rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilish taklifi bilan chiqqandi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha