https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/06/20/newsbrief-01

YXHT qozog‘istonlik chegarachilarga soxta hujjatlarni qanday aniqlashni o‘rgatadi

Karvonsaroy

OSTONA – Avstriyalik mutaxassislar qozog‘istonlik chegarachilarga qalbaki hujjatlarni qay tarzda aniqlashni o‘rgatadilar, deyiladi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bayonotida.

25-29-iyul kunlari Oqtov shahrida o‘tadigan seminarda Avstriya ichki ishlar vazirligi mutaxassislari “xalqaro miqyosda hujjatlar xavfsizligini ta’minlash, jumladan, sayohat hujjatlarini soxtalashtirish, hujjatlar nazorati, hujjatlarni himoya qilishda qog‘oz va polimer materiallardan foydalanish, an’anaviy nashr usullari, fotohimoya va ikkilamchi verifikatsiya sohalaridagi eng ilg‘or tajriba” bilan o‘rtoqlashadilar.

Sizga maqola yoqdimi?

0
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha *