Karvonsaroy

Qirg‘iziston hukumati ayol mahbuslarga giyohvandlikni yengishga yordam beradi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘zistonda yagona bo‘lgan ayollar axloq tuzatish koloniyasida narkomaniyadan xalos bo‘lishni istagan mahbuslar davolanishlari mumkin. Bu haqda payshanba, 21-iyun kuni 24.kg nashri Qirg‘iziston jazoni ijro etish davlat xizmati rahbari Talaybek Japarovga asoslanib ma’lum qildi.

Bu kabi mahbuslar uchun mo‘ljallangan “toza hudud” binosi qurib bitkazildi va iyun oxirigacha ishga tushiriladi, deb ma’lum qildi Japarov matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko'ra, hozirda Moldovanovkadagi erkaklar qamoqxonasida giyohvandlikni davolash bilan shug‘ullanuvchi shunday muassasa mavjud.

Jazoni ijro etish xizmati 22 yil ichida birinchi bor barcha mahbuslar salomatligini tekshirishni rejalashtirmoqda, dedi Japarov. Olingan ma’lumotlardan giyohvandlikka chalingan mahbuslarning yagona elektron ma‘lumotlar bazasini yaratishda foydalaniladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500