Karvonsaroy

O‘zbekistonda qiynoqlar qo‘llashda ayblangan 5 nafar sobiq MXX xodimi javobgarlikka tortildi

Karvonsaroy

BUXORO – O‘zbekiston harbiy sudi Buxoro viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmatining (sobiq MXX) besh nafar sobiq rasmiysini qiynoqlar qo‘llashda ayblab, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etgan. Bu haqda 25-iyun, dushanba kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi kuch tuzilmalaridagi OAV bilan aloqalar uchun mas’ul bo‘lmagan manbaga asoslanib xabar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari va xavfsizlik idoralaridagi islohotlari doirasida sobiq MXX Davlat Xavfsizligi Xizmatiga (DXX) aylantirilgan va unga uzoq yillardan beri rahbarlik qilib kelayotgan rahbar mart oyida o‘z lavozimidan ozod qilingandi.

Sobiq MXXning Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Rustam Azimov 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, uning qo‘li ostidagi 4 nafar xodim esa 16 yildan 18 yilgacha bo‘lgan turli muddatlarga hukm qilingan edi, deb xabar beradi manba. Xuddi shunday ayblovlar bilan 4 nafar sobiq qamoqxona noziri ham 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500