Karvonsaroy

O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi kurash bo‘yicha mobil guruhlar tuzildi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston hukumati chegaralar bo‘ylab giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash maqsadida oltita idoralararo mobil guruhlarni tashkil etdi, deb xabar beradi Gazeta.uz nashri.

Bu haqda dushanba, 25-iyun kuni Toshkentda mazkur guruhlarning ish boshlashi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda ma’lum qilindi.

Guruhlar Ichki ishlar vazirligi (IIV), Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) va Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) xodimlaridan tuzilgan. Ular O‘zbekiston chegarasida patrul xizmatini olib borishi uchun 30 ta transport vositasi va maxsus texnika bilan ta’minlanadi.

Transport vositalari va jihozlar Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etilgan mablag‘ evaziga sotib olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500