Karvonsaroy

Afg‘oniston sobiq isyonchilar qo‘mondoni bilan aloqador 4 tojik fuqarosini ekstraditsiya qildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Afg‘oniston hukumati sobiq isyonchi general Abduhalim Nazarzodani qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan 4 nafar tojikistonlikni ekstraditsiya qildi, deb xabar berdi 28-iyun, payshanba kuni Ozod Yevropa/Ozodik (RFE/RL) radiosining tojik xizmati.

Tojik xavfsizlik kuchlari 2015-yilda Nazarzodani o‘ldirganidan keyin Afg‘onistonga qochib ketgan tojikistonliklar Badaxshon viloyatida qo‘lga olinganlar, deb ma’lum qildi 27-iyun, chorshanba kuni Afg‘oniston Milliy xafvsizlik kengashi vakili Qohir Shoh.

U Afg‘oniston gumondorlarni qachon topshirganiga aniqlik kiritmadi.

Nazarzoda Tojikistonda 1992-1997-yillardagi fuqarolar urushi davrida isyonchilar qo‘mondoni bo‘lgan, ikki tomon vakolatlarni taqsimlash kelishuvi imzolanganidan keyin mudofaa vaziri o‘zrinbosari etib tayinlangan edi.

Tojikiston hukumati uni 2015-yilning 4-sentabrida Dushanbe yaqinidagi politsiya mahkamasi va qurol-yarog‘ omborxonasiga hujum uyushtirganlikda ayblagan. To‘qnashuv natijasida 9 zobit va 17 jangari halok bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500