Karvonsaroy

Qirg‘iz rasmiylari: Suriyada ketgan 850 qirg‘izistonlikdan 150 nafari halok bo‘lgan

Karvonsaroy

BISHKEK – 2011-yilda Suriyada urush boshlanganidan beri u yerda 150 nafar qirg‘iz jangarilari o‘ldirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GNKB) rasmiysi payshanba (28-iyun) kuni parlament a’zolariga ma’lum qildi, deb xabar beradi Kaktus Media.

“Ata Meken” partiyasidan bo‘lgan parlament a’zosi Oysuluv Mamashova GNKB aksilterror markazi rahbarining o‘rinbosari Qanajarbek Bokayevdan Issiqko‘l viloyatidan necha kishi Suriyadagi isyonga qo‘shilgani haqida so‘ragan.

Hukumat butun Qirg‘iziston bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega, deb javob berdi Bokayev. U bugungi kunda 850 nafar Qirg‘iziston fuqarosi Suriyaga borgani va o‘sha yerda qolganini aytdi. “Ulardan 150 nafari halok bo‘lgan deb hisoblanmoqda”, dedi u. “Biz har bir holat bo‘yicha alohida tekshiruv o‘tkazamiz va qonuniy chora ko‘ramiz”.

2017 yilda Qirg‘iziston hukumati Suriyadagi qirg‘izlar sonini 600 dan ortiqdeb taxmin qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500