https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/06/29/newsbrief-02

Yana 2 nafar tojikistonlik bola Iroqdan vataniga qaytariladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston va Iroq tashqi ishlar vazirliklari ikki tojikistonlik bolani yaqin kunlar ichida Dushanbega qaytarish masalasini muvofiqlashtirmoqda, deb xabar beradi juma, 29-iyun kuni Asia-Plus nashri.

Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, seshanba, 26-iyun kuni ayni masala bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bolalarning shaxsi oshkor etilmagan.

Bu orada 25-may kuni Iroqda ko‘zi yorigan 17 yashar Oysha farzandi 40 kunlik bo‘lganidan so‘ng, u bilan birga Tojikistonga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Oysha, to‘qqiz yoshli Abdullo, yetti yoshli Fotima va uch yashar Muhammad dushanbelik Ilhomiddin Aslonovning farzandlaridir. Tojikiston ichki ishlar vazirligining aprel oyidagi xabariga ko‘ra, u “Islom davlati” (ID) safiga qo‘shilgan.

Aslonov va uning rafiqasi bolalarni Iroqqa Dushanbe va Moskva orqali olib o‘tishda gumon qilinmoqda.

Aprel oyida tojik hukumati Iroqdan 4 nafar tojikistonlik bola – Maryam Shoyeva va Oyshaning qarindoshlarini uylariga olib kelgandi.

Bolalarning beshovi (Aslonovning to‘rt farzandi va Maryam) ham Iroq va Suriyadagi ID safiga qo‘shilish uchun mamlakatni tark etgan tojik oilalarining farzandlaridir.

Ularning ota-onalari jangarilar yoki ular bilan turmush qurganlar, Yaqin Sharqqa borib bedarak yo‘qolganlar yoki halok bo‘lganlardir.

Sizga maqola yoqdimi?

0
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha *