Karvonsaroy

YI va O‘zbekiston hamkorlikka oid yangi kelishuvni muhokama qiladi

Karvonsaroy

BRYUSSEL – Yevropa Ittifoqi (YI) kengashi 16-iyul, dushanba kuni 1999-yilgi shartnomaning o‘rnini bosadigan va O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydigan, O‘zbekiston bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlikka oid yangi kelishuv yuzasidan muzokaralarni boshlash taklifini ma’qulladi. Bu haqda uning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bayonotga ko‘ra, yangi kelishuv “siyosiy muloqot va islohotlar, qonun ustuvorligi, adolat, erkinlik va xavfsizlik, inson huquqlari, migratsiya, savdo-sotiq, shuningdek, iqtisodiy va barqaror rivojlanish” kabi sohalarni qamrab oladi.

Kelishuv “tadbirkorlik va sarmoyaviy muhitni yaxshilash, shuningdek, tashqi siyosat masalalari hamda iqlim o‘zgarishi, korruptsiya va terrorizm kabi global tahdidlarga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikka ko‘maklashadi”, deyiladi bayonotda.

Kengashning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning yangi rahbariyati islohotlarni joriy qilishda “muhim yutuqlarga” erishdi. “Inson huquqlari borasidagi vaziyatni yaxshilash, Markaziy Osiyodagi qo‘shnilar va xalqaro hamkorlar bilan hududiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar shulan jumlasidandir”.

Yangi kelishuv Yevropa Ittifoqiga “ushbu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga va ikki tomonlama aloqalarni ham Yevropa Ittifoqi, ham O‘zbekiston uchun birdek manfaatli bo‘ladigan yangi darajaga ko‘tarishga yordam beradi”, deyiladi bayonotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500