https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/07/23/newsbrief-02

Qozoq va o‘zbek rasmiylari AQSHda diniy erkinlik masalalarini muhokama qiladilar

Karvonsaroy

VASHINGTON – Qozog‘iston va O‘zbekiston delegatsiyalari diniy masalalar bo‘yicha Amerika rasmiylari va xalqaro xalqaro hamjamiyat vakillari bilan uchrashish maqsadida AQSHga tashrif buyurmoqda.

Ijtimoiy taraqqiyot vaziri Darxan Kaletayev rahbarligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi Vashingtonda AQSH kongressi va Davlat departamenti vakillari bilan uchrashdi, deyiladi vazirlikning dushanba, 23-iyul kungi bayonotida.

Delegatsiya, shuningdek, AQSHning diniy erkinlik bo‘yicha xalqaro komissiyasi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiya (AQSH Xelsinki komissiyasi) rahbarlari bilan ham muzokara o‘tkazdi.

Tomonlar Qozog‘istondagi diniy vaziyatni muhokama qildilar.

Kaletayev Nyu-Yorkda bo‘lib, u yerda BMT huzuridagi nodavlat diniy tashkilotlar qo‘mitasi rahbari Svami Parameshananda va “Dinlar tinchlik uchun” xalqaro ittifoqi bosh kotibi doktor Uilyam Fray Vendli bilan uchrashdi.

Ikkala diniy rahbar ham jahon va an‘anaviy dinlar yetakchilarining bo‘lajak qurultoyida moderator sifatida ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Mazkur tadbir oktyabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o'tadi.

Bu orada, seshanba-juma (24–27-iyul) kunlari tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi 22-iyul kuni xabar bergan.

Chorshanba-payshanba (25–26-iyul) kunlari delegatsiya Vashingtonda AQSH davlat departamentining diniy erkinlikni targ‘ib qilish bo‘yicha kengashi majlisida qatnashadi.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha