Karvonsaroy

Joriy yilning birinchi yarmida tojik harbiylari afg‘onistonlik kontrabandachilar bilan 17 marotaba to‘qnash keldilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston chegarachilari va afg‘onistonlik narkofurushlar 2018-yilning ilk 6 oyi davomida umumiy chegara hududlarida 17 marotaba to‘qnashdilar. Bu haqda 24-iyul, seshanba kuni Asia-Plus nashri Tojikiston chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevga tayanib xabar berdi.

Mazkur to‘qnashuvlar davomida chegara posbonlari tomonidan 7 jinoyatchi yo‘q qilinib, 21 nafari qo‘lga olindi, dedi Ulug‘xo‘jayev.

Shuningdek, tojik chegarachilari tomonidan bir tonnadan ortiq giyohvand modda, jumladan, 70 kg geroin, 340 kg opium hamda 14 ta o‘qotar qurol va uchta bomba musodara qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500