Karvonsaroy

Qirg‘iziston chegaralari bo‘ylab qo‘shimcha nazorat punktlari tashkil etildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati terrorchilarning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chegara hududlarida qo‘shimcha nazorat punktlarini barpo etdi. Kabar.kg nashriga ko‘ra, bu haqda Davlat chegara xizmati (GPS) raisi Ularbek Sharsheyev ma’lum qilgan.

Afg‘onistonni asosiy tahdid manbai deb atagan Sharsheyev ushbu choralar haqida 24-iyul, seshanba kuni xabar bergan.

U vaqtincha tashkil etilgan nazorat punktlari soniga aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, chegarachilar 2018-yilning birinchi yarmida Afg‘oniston va Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan qaytayotgan 12 nafar shaxsni qo‘lga olgani haqida aytib o‘tdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500