Karvonsaroy

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida Dushanbe-Samarqand uzluksiz aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikistonning “Tajik Air” milliy aviakompaniyasi O‘zbekistonning Samarqand shahriga uzluksiz parvozlarni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradi Asia-Plus.

Kompaniya xabarida aytilishicha, ilk reys shanba, 28-iyul kuniga belgilangan. Keyingisi esa 4-avgust kuni amalga oshiriladi.

Aprel oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi Toshkent va Dushanbe o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygandi. Havo aloqasi tiklanguniga qadar, ikki poytaxt o‘rtasida 1992-yildan beri uzluksiz reyslar bo‘lmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500