Karvonsaroy

AQSH hukumati velosayyohlarga qarshi qonli hujumni tergov qilishda Tojikistonga ko‘maklashadi

Karvonsaroy va AFP

DUSHANBE – AQSH hukumati yaqinda amerikalik va yevropalik velosayyohlarga qarshi sodir etilgan hujumni tergov qilishda Tojikistonga ko‘maklashmoqda. Ushbu hujum uchun mas’uliyatni “Islom davlati” (ID) guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Dushanba 29-iyul kuni Dushanbedan taxminan 100 km uzoqlikdagi Dang‘ara tumanida avtomashina yetti kishidan iborat velosayyohlar gurihini nishonga olgan. Shundan so‘ng pichoq va qurollari bo‘lgan to‘da mashinadan chiqib, sayyohlarga hujum qilgan va ikki AQSH, bir nafar Shveytsariya va Daniya fuqarosini o‘ldirgan, ikki kishini jarohatlagan.

30-iyul, dushanba kuni ID hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 31-iyul, seshanba kuni e’lon qilingan videolavha bu da’voni tasdiqladi, hujumda ayblangan besh kishi bu hujumni IDga sodiqligi ramzi sifatida amalga oshirgani bildirilgan.

Videoda Tojikiston huquq-tartibot organlari e’lon qilgan gumondor shaxslarga o‘xshash besh kishi daraxt tagida, ID bayrog‘i atrofida o‘tirib, guruh yetakchisi Abu Bakr al-Bog‘dodiyga sodiqlikka qasamyod qilganlar.

31-iyul, seshanba kuni AQSH davlat departamenti vakili Hizer Nauertning aytishicha, AQSH rasmiylari ID da’volarini ko‘rgan, ammo “ayni damda kim javobgar ekanligi aniq emas”.

Tojikiston “ushbu tergovga rahbarlik qilayotgani sababli” AQSH hukumati unga ko‘maklashmoqda, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500