Karvonsaroy

Moskva viloyatida qirg‘izistonlik migrant do‘pposlab o‘ldirildi

Karvonsaroy

MOSKVA – Seshanba, 31-iyul kuni Moskva viloyatining Zelenograd shahrida qirg‘izistonlik mehnat muhojirlaridan biri noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanganidan besh kun o‘tib, hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda Farg‘ona News axborot agentligi 3-avgust kuni qirg‘iz diasporasi rahbarining Facebook sahifasiga asoslanib xabar tarqatgan.

42-yashar Anarbek Omurjanov ochiq havoda farzandlari bilan dam olayotgan paytda bir necha kishi unga hujum qilib do‘pposlagan, dedi “Qirg‘iz birligi” diaspora tashkiloti qo‘mitasining vitse-prezidenti Ulan Koshmatov.

Omurjanov voqea joyida bo‘lganlar tomonidan chaqirilgan tez yordam mashinasida kasalxonaga yetkazilgan. U 5 kun jonlantirish bo‘limida yotib, hayotdan ko‘z yumdi.

Politsiya voqea yuzasidan tergov boshlagan bo‘lsa-da, hozircha hech kimni hibsga olmagan.

Rossiyada Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlariga nisbatan diskriminatsiya ko‘p hollarda zo‘ravonliklarga sabab bo‘lmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500