Karvonsaroy

Tojikistonda internet orqali terrorizm targ‘iboti uchun jazo kuchaytirildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 4-avgust, shanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmni oqlaganlik yoki qo‘llab-quvvatlaganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish bo‘yicha jinoiy kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarni imzoladi, deb xabar berilgan davlat rahbarining rasmiy saytida.

Parlament bu islohotlarni Rahmonga yuborishdan avval iyun oyida ma’qullagan edi.

Jinoiy kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bu kabi xatti-harakatlar uchun qamoq muddati 10-15 yilga o‘zgartirildi, avval bu muddat 5-10 yilni tashkil etar edi, deb xabar beradi Farg‘ona News agentligi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500