Karvonsaroy

Qozog‘istonlik askarlar “Dasht burguti” o‘quv mashqlarini o‘tkazish uchun AQSHga yo‘l oldilar

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston armiyasining KAZBAT tinchlikparvar batalyoni “Dasht burguti-2018” harbiy o‘quv mashqlarida ishtirok etish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga boradilar, deb xabar berilgan 7-avgust, seshanba kuni Qozog‘iston mudofaa vazirligi e’lon qilgan bayonotda.

Mashqlar Janubiy Karolinada, MakKreydi nomidagi milliy gvardiya markazida shu kunlarda boshlanadi va 23-avgust kuni tugaydi.

Ularda Qozog‘iston, Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirok etadilar. “Dasht burguti” mashqlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad, askarlarga Birlashgan Millatlar standartlari bo‘yicha qo‘shma tinchlikparvar missiyalarni amalga oshirishni o‘rgatishdir.

“Dasht burguti” mashqlari 2003-yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. 2012-yildan beri ular NATOning “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi doirasida o‘tkazilmoqda.

“Dasht burguti” mashqlari Qozog‘istonda 2014 va 2018-yillardan tashqari har yili o‘tkazilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500