Karvonsaroy

Yevropa banki Qozog‘istondagi kichik biznes korxonalari uchun kredit ajratmoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Qozog‘istonning CenterCredit bankiga 45 million AQSH dollarigacha (16,6 milliard tenge) bo‘lgan hajmda moliyaviy yordam ajratdi, deb ma’lum qildi YTTB 9-avgust, payshanba kungi bayonotida.

Ajratilgan mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i Ostona va Olmaota shaharlaridan tashqarida joylashgan, kredit olishga qiynalgan mikro, kichik va o‘rta korxonalar, ayniqsa, ayollar rahbarlik qiladigan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan, deyiladi bayonotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500