Karvonsaroy

Tojik militsiyasi 3 oy avval ID hujumiga aloqador gumondorni qo‘lga ololmagani ma’lum bo‘ldi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 29-iyul kuni sodir etilgan “Islom davlati” javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan xorijiy sayyohlarga qarshi hujumda aybdor deb topilgan guruh yetakchisini hibsga ololmagan besh nafar huquq-tartibor xodimi tergov qilinmoqda, deb xabar berdi 9-avgust, payshanba kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining tojik xizmati. Bu haqda tergovga yaqin bo‘lgan manba xabar bergan.

Qotillar to‘rt sayyohni pichoqlab o‘ldirganlar va ikki nafarini jarohatlaganlar. ID sayyohlarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq mas‘uliyatni videolavha orqali o‘z zimmasiga olgan.

Huquq-tartibot xodimlari hujumdan so‘ng to‘rt gumondorni o‘ldirdilar va o‘n bir kishini qo‘lga oldilar. Qo‘lga olinganlar orasida jinoiy to‘da rahbari Husayin Abdusamadov ham bo‘lgan.

Hodisani tergov qilish uchun hukumat tomonidan tuzilgan ishchi guruhning aniqlashicha, besh nafar militsiya xodimi may oyida Abdusamatovning Rossiyadan qaytganini xabardor bo‘lgan, dedi manba RFE/RL radiosiga. O‘sha paytda rasmiylar uning ekstremistik rejalaridan boxabar bo‘lishgan.

Uni uyidan topa olishmagach, militsiya xodimlari uni izlashni to‘xtatganlar, bu gumondorga 29-iyul kuni qonli hujumni amalga oshirish imkonini bergan. Abdusamadov Xatlon viloyatining Panj tumanidan bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500