Karvonsaroy

Vertolyot halokatga uchragan joydan yetti kishi olib ketildi, qutqaruv ishlari davom etmoqda

AFP

DUSHANBE – Tojikistonning tog‘li hududida “murakkab qo‘nish” natijasida yuz bergan vertolyot halokatidan keyin olti nafar alpinist va bir ekipaj a’zosi qutqarilgan, yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar berdi 13-avgust, dushanba kuni favqulodda xizmatlar.

Tojikiston favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi qo‘mitasining AFPga bergan xabariga ko‘ra, Dushanbedan 300 kilometr sharqda joylashgan maskanga qutqaruv vertolyoti yetib borgan va MI-8 halokatga uchragan yerdan 6 alpinist va bir nafar ekipaj a’zosini olib kelgan.

Shu bilan birga, yana ikkita qutqaruv vertolyoti ham halokat yuz bergan joyga uchib ketayotgani haqida xabar berilgan.

Halokat yakshanba kuni Grinvich vaqti bilan soat 11:30 da yuz bergan, deyiladi qo‘mita xabarida.

Alpinistlar sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi eng baland hisoblanadigan Ismoiliy Somoniy tog‘iga amalga oshirilgan ekspeditsiyadan qaytayotgan bo‘lgan.

Xabarda alpinistlar yoki ekipaj a’zolarining shaxsi haqida ma’lumot berilmagan.

Halokat to‘rt nafar g‘arblik velosipedchilar terrorchilik hujumi qurboni bo‘lganidan ikki hafta o‘tib sodir bo‘ldi va mamlakatning endigina rivojlanayotgan sayyohlik sektoriga zarba bo‘ldi.

Sayyohlarni mashina bilan bosib ketib, so‘ngra pichoqlab o‘ldirilgan bu hujum bo‘yicha javobgarlikni “Islom Davlati” (ID) o‘z zimmasiga olgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500