Karvonsaroy

Kaspiybo‘yi davlatlari chegaralar va zaxiralarga oid kelishuvni imzoladilar

AFP

OQTOV, Qozog‘iston – Neft-gaz va dengiz zaxiralariga bor Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan 5 mamlakat yetakchilari yakshanba, 12-avgust kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladilar.

Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi kelishuv Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston davlat rahbarlari o‘rtasida imzolandi.

Sammitga mezbonlik qilgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirokchi davlatlar rahbarlarining “tarixiy voqeaga guvoh bo‘lganliklarini” qayd etdi.

“Bu boradagi muzokaralar 20 yildan ortiqroq davom etdi va tomonlardan katta sa’y-harakatlar talab qilindi”, dedi Nazarboyev.

“Konvensiya suv ostida neft va gaz quvurlari qurishni ko‘zda tutadi, shuningdek, har bir mamlakatning baliq ovlash kvotalarini belgilaydi”, dedi Nazarboyev.

Bitim dengizdagi milliy chegaralarni belgilash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda Kaspiy dengizining yerosti zaxiralari 50 mlrd. barrel neft va 8,4 trillion kub metr gazni tashkil etadi.

Konvensiya shartlari bo‘yicha eng kam ulushga ega bo‘lgan Eron uchun bu bitim omadsiz bo‘lgani aytilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500