Karvonsaroy

Qizilo‘rda viloyatida yangi quyosh elektrostansiyasi barpo etilmoqda.

Karvonsaroy

QIZILO‘RDA, Qozog‘iston – Qozog‘iston hukumati Qizilo‘rda viloyatining Jalag‘ash tumanida quyosh elektrostansiyasini barpo etmoqchi, deb xabar berdi Kazinform chorshanba, 15-avgust kuni.

164 gektar maydonni egallaydigan elektrostansiya 30 mVt quvvatga ega bo‘ladi. Maqsad - Qizilo‘rdaning boshqa viloyatlarga qaramligini kamaytirish va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish.

Loyihani amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan 12 mlrd. tenge (33 mln. AQSH dollari) investorlar tomonidan taqdim etiladi.

Mutaxasisslarga ko‘ra, inshootning qurilishi shu yili boshlanib, 2019-yilda yakunlanadi. Elektrostansiya ishga tushgach, 15 kishi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500