Karvonsaroy

Yevropa parlamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Seshanba, 21-avgust kuni Yevropa parlamenti delegatsiyasi a’zolari Toshkentda O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashdilar, deb xabar berdi O‘zA axborot agentligi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi (YI) parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikka alohida urg‘u berdilar.

Uchrashuv chog‘ida, shuningdek, o‘tgan yili mamlakatga ikki bor tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini hamda O‘zbekiston rasmiylari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarning muhimligi ta’kidlandi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500