Karvonsaroy

Rossiyada suriyalik jangarilarni moliyalashtirgan qirg‘izistonlik qamaldi

Karvonsaroy

MOSKVA – Rossiyaning Uzoq Sharq okrugi harbiy sudi Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirgani uchun asli qirg‘izistonlik bo‘lgan Rossiya fuqarosini to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar beradi 24.kg nashri juma, 24-avgust kuni Rossiya ommaviy axborot vositalariga tayangan holda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Baykalbo‘yi hududida yashagan bu shaxs terrorizmni moliyalashtiruvchi kanal tashkil etib, “Al-Qoida”ning Suriyadagi sho‘basi – (avvallari “Jabhat an-Nusra” nomi bilan mashhur bo‘lgan) “Jabhat Fotih Ash-Shom” guruhini mablag‘ bilan ta’minlab turgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500