Karvonsaroy

Markaziy Osiyo davlatlari Orolni saqlab qolish yo‘lida birlashadi

Karvonsaroy

TURKMANBOSHI, Turkmaniston – Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiylari, xalqaro nodavlat va moliya tashkilotlari vakillari Orol dengizini qutqarish yo‘llarini muhokama qilish maqsadida 24-avgust kuni Turkmanboshi shahriga yig‘ildilar, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Vox.com ma’lumotlariga ko‘ra, 1960-yillardan boshlab Sovet Ittifoqi tomonidan Markaziy Osiyodagi paxta dalalarining sug‘orilishi oqibatida Orol dengizining taxminan 90 foizi qurib bitgan.

Uchrashuvda qatnashgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi dengizni qayta tiklash bo‘yicha samarali hamkorlik mexanizmi bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Mirziyoyev tadqiqotlar olib borish, innovatsion yechimlar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali tashkilot ishini faollashtirishni taklif qildi.

Markaziy Osiyoning besh mamlakatidan kelgan delegatsiyalar suv resurslaridan birgalikda foydalanish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500