Karvonsaroy

BMT Qirg‘izistonda ayollar huquqlarining buzilayotgani haqida ogohlantirdi

Karvonsaroy

JENEVA – Ayollarning kamsitilishiga barham berish bo‘yicha BMT qo‘mitasi tomonidan seshanba (18 sentyabr) kuni chop etilgan hisobotda Qirg‘izistonda “odam o‘g‘irlash odatlari, zo‘rlash va nikohga majburlash” bilan bog‘liq inson huquqlarining tizimli ravishda buzilishi haqida ogohlantirilgan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Qo‘mitaning ikki a’zosi tarafidan o‘tkazilgan maxfiy tekshiruvga asoslangan hujjat 14 ta huquqni himoya qilish tashkiloti Bishkekni kelin o‘g‘irlash odati qurbonlarini himoya qilish yoki aybdorlarni jazolashga qodir emaslikda ayblashi ortidan e’lon qilingan.

“Majburiy nikoh uchun xotin-qizlarni o‘g‘irlash holatlari milliy urf-odat emas, balki qurbonning zo‘rlanishiga olib keladigan jinoyat sifatida javobgarlikka tortilishi va jazolanishi lozim”, deydi hisobot hammuallifi Lia Nadaraia.

BMT qo‘mitasi Qirg‘iziston hukumatini majburiy nikohlar sohasidagi qonunlarni takomillashtirishga, shuningdek, jinsiy zo‘rlash va odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish, jazolash va oldini olishga chaqirgan.

Qo‘mita Qirg‘izistonga 2019-yil martgacha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot topshirish vazifasini yuklagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500