Karvonsaroy

Tojikiston va O‘zbekiston chegara hududlarini minalardan tozalashga kirishdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston va O‘zbekiston birgalikda chegara hududlarini minalardan tozalash ishlarini boshladi. Bu haqda seshanba, 9-oktabr kuni AKIpress axborot agentligi tojik chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevga tayanib xabar qildi.

Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat mutaxassislari Samarqand (O‘zbekiston) viloyati bilan chegaradosh So‘g‘d viloyatining (Tojikiston) Panjakent tumanida minalarni tozalash jarayonini boshlaganlar.

“Ayni paytda hududni minalardan tozalash ishlari davom etmoqda”, dedi u shanba (6-oktabr) kuni Dushanbeda CA-News.org xabariga ko‘ra. “Ikki mamlakat hukumatlarining qo‘shma guruhi Toshkent tarafidan taqdim etilgan, minalashtirilgan chegara hududlarining xaritasini o‘rganib chiqdilar. Ushbu guruh tarkibidan tojik chegara qo‘shinlari, mudofaa vazirligi va Milliy mina markazi vakillari o‘rin olgan.”

O‘zbekiston 2000-yillarda jangarilar kirib kelishining oldini olish maqsadida tog‘li chegara hududlariga minalar joylashtirgan edi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, chegaraning taxminan 9,5 kilometrlik qismi minalashtirilgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mart oyida Dushanbega tashrifi chogʻida tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan 2019 yil oxiriga qadar chegarani minalardan tozalash ishlarini yakunlashga kelishib olgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500