Karvonsaroy

Tojikistonda chet ellik sayyohlarni o‘ldirishda ayblangan shaxs sud qilinmoqda

AFP

DUSHANBE – 23-oktabr, seshanba kuni Tojikistonda to‘rt nafar xorijlik velosayyohni o‘ldirisholdidan “Islom davlati”ga (ID) sodiqlikka qasamyod qilgan shaxs ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud omma uchun yopiq tarzda o‘tadi.

Tojikiston Oliy sudi matbuot kotibining seshanba kuni AFPga maʼlum qilishicha, “to‘rt nafar chet ellik velosayyohni vaxshiylarcha o‘ldirishda” gumon qilingan shaxsning mahkama jarayoni qat’iy rejimdagi izolyatorda bo‘lib o‘tmoqda.

33 yashar Husayn Abdusamadov iyul oyida ikki nafar amerikalik, gollandiyalik va shveytsariyalikni oʻldirganiga iqror boʻlgan edi.

Qurbonlar Pomir katta yo‘lidan velosipedda qaytib kelayotganlarida jinoyatchilar mashinadan chiqib, ularga pichoq va qurollar bilan hujum qilishgan.

Abdusamadovning to‘rt nafar sherigi qo‘lga olish vaqtida politsiya tarafidan oʻldirilgan.

Politsiya idorasidagi manbaning AFP nashriga maʼlum qilishicha, Abdusamadovdan tashqari yana 16 kishi huquq-taribot organlariga jinoyatning oldini olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni bermaganlikda ayblanmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500