Karvonsaroy

AQSH savdo vaziri Markaziy Osiyo yetakchilari bilan uchrashdi

Karvonsaroy

OSTONA – AQSH savdo vaziri Uilbur Ross va Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev chorshanba, 24-oktyabr kuni Ostonada uchrahib, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni muhokama qildilar, deb xabar beradi Kazinform.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi yillik savdo aylanmasi qariyb 2 milliard dollarni (733,4 mlrd. tenge) tashkil qildi, dedi Nazarboev, joriy yilda bu raqamning 30% ga oshganini taʼkidlar ekan.

Uning aytishicha, “Qozogʻiston va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar kengaytirilgan sheriklik darajasiga yetgan”. Rossning tashrifi Vashingtonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini koʻrsatadi, dedi u.

Bu Rossning Qozogʻistonga ilk tashrifi boʻldi. Unga AQSHning 16 kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya hamrohlik qildi.

Seshanba (23-oktabr) kuni Ross Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashdi va Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi biznes-forumida nutq soʻzladi, deb xabar beradi Ozodlik radiosi.

“Men Oʻzbekistonda olib borilayotgan siyosiy va demokratik islohotlarni va ularni amalga oshirishdagi qatʼiyatingizni olqishlayman” dedi Ross forumda qilgan chiqishida. Bu haqda Toshkentdagi AQSH elchixonasi xabar bergan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500