Karvonsaroy

Rasmiylar: Qirgʻizistonda ekstremizmga oid jinoyatlarga aloqador 191 kishi qamoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston qamoqxonalarida ektremizm va yollanishda ayblanib sudlangan 191 mahbus saqlanmoqda, deb xabar berdi AKIpress hukumatdagi anonim manbalarga tayanib.

Rasmiylar bu haqda payshanba, 25-oktabr kuni Bishkekda jazoni ijro etish muassasalarini samarali boshaqarish, shuningdek, terrorchi va ekstremistlarni hisbga saqlash hamda ular bilan muomala qilish masalalariga bagʻishlangan muloqot chogʻida maʼlum qilganlar.

Umumiy hisobda mahbuslardan 89 nafari ektremizm, 83 nafari terrorizm va 19 nafari yollash faoliyatida ishtirok etgani uchun sudlangan.

14 kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500