Karvonsaroy

AQSH davlat departamenti Qirgʻiziston bosh prokuraturasiga uskunalar hadya qiladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi 30-oktabr, seshanba kuni Qirgʻiziston bosh prokuraturasi idorasiga uskunalar hadya etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beriladi elchixona bayonotida.

Hadyaning umumiy miqdori 20 ming AQSH dollariga (1,3 million qirgʻiz soʻmi) teng boʻlib, maxsus jihozlangan xonalar, kompyuterlar va boshqa uskunalarni oʻz ichiga oladi. U Bosh prokuraturaning treninglar markazi uchun moʻljallangan.

Bayonotga koʻra, 2001-yildan beri AQSH davlat departamentining INL dasturi doirasida Qirgʻizistonga 25 million AQSH dollaridan (1,7 milliard qirgʻiz soʻmi) ortiq miqdorda texnik va moddiy yordam taqdim etilgan.

Bunday yordam giyonvandlikka qarshi kurash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqni muhofaza qilish idoralaridagi islohotlar, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashish saʼy-harakatlarini kuchaytirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500