Karvonsaroy

Qozog‘iston tinchlikparvar kuchlari Livandagi BMT missiyasida ishtirok etadi

Karvonsaroy

OLMAOTA – 120 nafar qozog‘istonlik desantchilar 30-oktabr, seshanba kuni Livanga jo‘nab ketdilar. Bu Qozog‘istonning bir necha yil ichida ilk bor tinchlikparvarlik harakatlarida ishtirok etishidir, deb xabar berdi Kazinform nashri.

Qozog‘iston askarlari Livandagi BMT maxsus kuchlari (UNIFIL) tarkibida hindistonlik tinchlikparvarlarga koʻmaklashadi.

Qozog‘istonlik askarlar olti oy davomida jangovar tayyorgarlikdan oʻtib, Livan madaniyati va ingliz tilini oʻrgandilar.

“Biz Britaniya va Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari bilan birga “Dasht burguti” mashg‘ulotlarida mahorat orttirdik. Tinchlikparvar qo‘shinlar safiga kirish uchun tanlovlar juda jiddiy bo‘ldi”, dedi 3-tinchlikparvarlik vzvodi qo‘mondoni Sultan Sarmurzayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500