Karvonsaroy

Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari suriyalik terrorchilarni moliyalashtirishda gumon qilingan shaxsni qoʻlga oldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) Suriyadagi terrorchi guruhlarni pul bilan taʼminlashda gumon qilingan 28 yashar qirgʻizistonlikni hibsga oldi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Gumonlanuvchi soxta pasportdan foydalangan holda jangarilarga taxminan 100 ming AQSH dollari (6,9 million qirgʻiz soʻmi) yuborgan, deb xabar berdi GKNB chorshanba (31-oktyabr) kuni.

U terrorizmni moliyalashtirish, diniy adovat qoʻzgʻash va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanib, 14-oktyabr kuni hibsga olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500