Karvonsaroy

YI va Qirgʻiziston kengaytirilgan hamkorlik bitimini imzolamoqchi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yevropa Ittifoqi va Qirgʻiziston kengaytirilgan hamkorlik bitimini imzolashni rejalashtirmoqda. Bu YIning Markaziy Osiyodagi ikkinchi shunday kelishuvi boʻladi, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Yangi kelishuv energetika, transport, kommunikatsiyalar, mobil aloqa texnologiyalari va innovatsiyalari sohasidagi hamkorlikni koʻzda tutadi. Bu haqda 6-noyabr, seshanba kuni Yevropa Ittifoqining Qirgʻizistondagi vakolatxonasi voizi Reymonds Vingris maʼlum qildi.

Bitim doirasida Yevropa Ittifoqi Qirgʻizistondagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlashni va inson huquqlari himoyasini davom ettiradi.

“2017-yilda biz Qirgʻiziston bilan Bishkekda va Bryusselda muzokaralar olib bordik. Natijalar ancha muvaffaqiyatli boʻldi”, dedi u. “Umid qilamizki, kelgusi yili bitimning dastlabki nusxasini taqdim etishimiz mumkin boʻladi. Uning kuchga kirishi uchun vaqt talab etiladi.”

Yevropa Ittifoqi bunday shartnomani Qozogʻiston bilan imzolab boʻlgan. Vingrisning soʻzlariga koʻra, ayni paytda bu borada Oʻzbekiston bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500