Karvonsaroy

Dushanbedagi AQSH elchixonasi Xalqaro ta’lim haftasi yarmarkasini oʻtkazadi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 12-noyabr kuni Tojikistondagi AQSH elchixonasi Tojikiston davlat savdo universitetida Xalqaro ta’lim haftasiga bag‘ishlab ta’lim yarmarkasini o‘tkazadi, deyiladi elchixonaning 7-noyabr (chorshanba) kungi bayonotida.

Xalqaro ta’lim haftaligi 12-16-noyabr kunlari butun dunyo bo‘ylab xalqaro taʼlim va ta’lim almashinuvi sohalaridagi afzalliklariga e’tibor qaratish maqsadida o‘tkaziladi.

Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan tadbirda turli ta’lim muassasalari, jumladan, Amerika kengashi, EducationUSA va American Spaces tashkilotlari o‘z dasturlarini taqdim etadilar va ishtirokchilarning savollariga javob beradilar.

Bunday dasturlar “davlatlar orasida oʻzaro tushunish va hurmatni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega”, deyiladi bayonotda.

“AQSH davlat departamenti va AQSH ta’lim departamentining hamkorlikdagi mazkur tashabbusi amerikaliklarni global muhitga tayyorlash bilan bir qatorda, butun dunyodan boʻlajak yetakchilarni ta’lim olish va tajriba almashinuviga jalb qilish sa’y-harakatlarining bir qismidir”, deyiladi elchixona xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500