Karvonsaroy

Hukumat manbalari: Tojikiston qamoqxonasidagi isyon natijasida 50 kishi halok boʻlgan

Karvonsaroy

DUSHANBE – Xo‘janddagi qat’iy tartibli qamoqxonada 7-noyabr kuni kechqurun yuz bergan isyon natijasida kamida 50 nafar mahbus halok bo‘lgan, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosi seshanba (13-noyabr) kuni.

Asosan terrorchilik va ekstremizmga oid jinoyatlarda ayblanganlar saqlanadigan qat’iy tartibdagi qamoqxonada o‘tgan hafta sodir etilgan isyon uchun mas’uliyatni “Islom davlati” (ID) o‘z zimmasiga oldi. Jinoyatchilarning aksariyati ID, Hizbut-Tahrir va boshqa shu kabi Tojikistonda taqiqlangan guruhlar bilan aloqador boʻlgan.

Dushanba (12-noyabr) kuni davlat idoralaridan biridagi anonim manba RFE/RL radiosi muxbiriga isyonda halok bo‘lgan 50 ta mahbus ro‘yxatini ko‘rsatgan. Ro‘yxatdagilar soni avval e’lon qilingan xabardagi 24 kishidan (ulardan ikkisi qamoqxona noziri bo‘lgan) deyarli ikki barobar ko‘p.

Hukumatga aloqador manbalar isyonni esktremizm va terrorizmda ayblangan “Islom davlati” (ID) tarafdorlari sodir etganini aytganlar.

Tojikiston hukumati hodisa yuzasidan hech qanday rasmiy bayonot bermagan. Xoʻjanddagi mahalliy rasmiylar isyon yuz berganini tasdiqlagan, ammo tafsilotlarni ochiqlamagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500