Karvonsaroy

AQSHda tahsil olayotgan oʻzbeklar soni 13 foizga oshdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻtgan yilda oʻqish uchun AQSHga kelgan oʻzbek talabalari soni oshgan. Bu haqda chorshanba (14-noyabr) kuni Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi yaqinda eʼlon qilingan hisobotga tayanib xabar berdi.

13-noyabr kuni Xalqaro taʼlim instituti va AQSH davlat departamenti tomonidan eʼlon qilingan Taʼlim sohasidagi xalqaro almashinuv boʻyicha 2018-yilgi “Ochiq eshiklar” hisobotiga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 12,9 foizga (570 kishi) koʻpaygan.

Hisobotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlardagi o‘zbekistonlik talabalarning 50 foizi boshlang‘ich kurslarda bo‘lsa, qolganlar bitirish arafasida yoki ingliz tili kabi mutaxassisliksiz kurslarda taʼlim olmoqda.

“Amerikaliklar bilan birga oʻqiyotgan xalqaro talabalar Qoʻshma Shtatlar uchun katta yutuq”, deydi AQSH elchixonasining Taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha yordamchisi Mari Roys elchixona bayonotiga asosan.

“Biz har bir sohada eng qiyin muammolarni hal qila oladigan yetakchilarni tayyorlashimiz lozim”, dedi u. “Bizga xavfsizligimizni taʼminlaydigan va gullab-yashnashimizga sababchi boʻladigan yechimlarni topa oluvchi odamlar kerak”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500