OLMAOTA – Chorshanba, 14-noyabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq va Qozogʻistonning Olmaota shaharlari orasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Kazinform nashri Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga asoslanib xabar qildi.
Avtobus 816 kilometrlik masofani 16 yarim soatda bosib oʻtadi. Bir tarafga chipta narxi 16-18 AQSH dollarini tashkil qiladi.