Karvonsaroy

Qozoq va oʻzbek parlamentariylari hamkorlik memorandumini imzoladilar

Karvonsaroy

OSTONA – Oʻzbekiston parlamentining quyi palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va uning qozogʻistonlik hamkasbi Nurlan Nigmatulin dushanba (26-noyabr) kuni hamkorlik memorandumini imzoladilar, deb xabar berdi Kazinform.

Hujjat Ismoilovning Oʻzbekiston parlamenti qonun chiqaruvchi palatasi spikeri sifatida Qozogʻistonga amalga oshirgan ilk tashrifi doirasida imzolandi.

Memorandumga muvofiq, tomonlar parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda ikki mamlakat oʻrtasida imzolangan kelishuvlarni ratifikatsiya qilish va kuchga kiritishni tezlashtirishga kelishib oldilar.

“Nursulton Nazarboyev (Qozog'iston prezidenti) va Shavkat Mirziyoevning (Oʻzbekiston prezidenti) doʻstlik va oʻzaro tushunishga asoslangan samarali qoʻshma saʼy-harakatlari tufayli Qozogʻiston va Oʻzbekiston barcha sohalarda ishonchli siyosiy muloqotni yoʻlga qoʻydi”, dedi Nigmatulin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500