Karvonsaroy

YXHT terrorchilarning kiberhujumlarini oldini olish bo‘yicha qozog‘istonlik mutaxassislar uchun mashgʻulotlar oʻtkazdi

Karvonsaroy

OSTONA – O‘tgan hafta Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) 17 nafar qozog‘istonlik mutaxassisga davlat energetik infratuzilmasini kiber-terrorchilikdan himoya qilishga oid mashgʻulotlar oʻtkazdi.

Mashqlar 28-29-noyabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tdi, unda xavf-xatarni baholash, inqirozni boshqarish va terrorchilarning kiberhujumlari oqibatlarini yengillashtirish mavzulari qamrab olindi, deyiladi YXHT bayonotida.

YXHT xabariga ko‘ra, ishtirokchilar muhokamaga asoslangan “Qorongʻulikdagi Qozog‘iston” simulyatsiyada qatnashdilar, muhokamada mavjud himoya va inqirozni boshqarish tizimi, jumladan tashqi inqiroz boshqaruvi mexanizmlari bilan muvofiqlashuv samaradorligini sinovdan o‘tkazdilar.

Mashqlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan muhim energiya infratuzilmasiga terrorchilik tahdidi haqida xabardorlikni oshirish hamda agentliklararo muvofiqlashtirishni takomillashtirishga qaratilgan, deyiladi YXHT xabarida.

“Terrorchilarning muhim energiya infratuzilmalarini vayron qilishi yoki qisman buzishi iqtisodiyotga va jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, dedi YXHT “Transmilliy tahdidlar” bo‘limining terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimi Koen De Smedt.

“Bu mashg‘ulotlar Qozog‘istonning sanoatdagi nazorat tizimlariga qaratilgan terrorchilik kiberhujumlariga milliy, tarmoqli va korxona darajasida chora koʻrish imkoniyatlarini sinash va rivojlantirishga yordam beradi”, dedi u.

Mamlakat kiberhujumlarni oldini olishga qaratilgan yana boshqa chora-tadbirlarni ham boshlab yubordi, jumladan, onlayn-tashviqot va ekstremistlarning odam yollashiga qarshi kurash bo‘yicha “kiber-qalqon” dasturini qabul qildi, dedi Qozog‘istoning mudofaa va aerokosmik sanoati vaziri o‘rinbosari Timur Shaimergenov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500