Karvonsaroy

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 50 foizga oshdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi joriy yilning 10 oyi davomida 50 foizga oshib, 325 million AQSH dollariga yetdi, deb xabar berdi 24.kg seshanba (4-dekabr) kuni Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligiga asoslanib. Bunda xizmatlar hajmi inobatga olmagan.

Mazkur maʼlumotlar Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratov rahbarligidagi delegatsiyaning Toshkentda O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashuvidan soʻng e’lon qilindi.

Tomonlar savdo hajmi va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda oʻzaro ehtiyoj boʻlgan tovarlar eksportini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500