Karvonsaroy

Qirgʻiziston bojxonasining qidiruvdagi rahbari Ozarbayjonda hibsga olindi

Karvonsaroy

BAKU, Ozarbayjon – Ozarbayjon huquq-tartibot organlari chorshanba, 5-dekabr kuni qirgʻiz rasmiylarining soʻrovi bilan Qirgʻiziston bojxona xizmatining sobiq rahbarini qoʻlga oldilar, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Adamkul Yunusov Baku aeroportida hibsga olindi, deb xabar berdi Qirgʻiziston moliyaviy politsiyasi vakili Anastasiya Piskur RIA “Novosti” axborot agentligiga.

U Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralari vakillari Yunusovni olib kelish uchun Ozarbayjonga yoʻl olganini aytgan.

2013-2016-yillar davomida Qirgʻiziston davlat bojxona xizmati rahbari boʻlgan Yunusov xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishda ayblanib qidiruvga berilgan edi. Moliyaviy politsiya maʼlumotlariga koʻra, uning ehtimoliy jinoiy xatti-harakatlari natijasida davlat budjetiga yetkazilgan ziyon 166 million qirgʻiz soʻmini (2,1 mln. AQSH dollari) tashkil etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500