Karvonsaroy

Qirg‘iziston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston bosh vazirning sobiq o‘rinbosari korrupsiyada ayblanib hibsga olindi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi dushanba (10-dekabr) kuni. Xabar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) bayonotiga asoslangan.

Duyshenbek Zilaliyev o‘tgan hafta oxirida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan, unga “noqonuniy boylik orttirish” ayblovi qo‘yilgan, deb xabar berdi GKNB. U 900 ming AQSH dollariga (62,9 million so‘m) teng mablag‘ning kelib chiqishini isbotlab bera olmagan.

Zilaliyev 2017-yilda ma’lum vaqt davomida bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Avvalroq, 5-dekabr kuni Ozarbayjon hukumati Bishkekning iltimosi bilan Qirg‘iziston davlat bojxona xizmatining sobiq rahbari Adamkul Junusovni korrupsiyada ayblab hibsga olgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500
Captcha *