https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/12/17/newsbrief-01

Qozog‘iston politsiyasi mustaqillik bayrami kunida ham faollar va jurnalistlarni hibsga oldi

Karvonsaroy

OLMAOTA – Qozog‘istonlik faollar Olmaotada ikki kundan beri davom etayotgan hibslar haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) dushanba (17-dekabr) kuni.

Huquq-tartibot organlari xodimlari “Or. Ruh. Haq.” deb nomlangan inson huquqlari tashkiloti rahbari Baxitjan Toregxojina, yurist Gulnara Juaspayeva, DAT muxolifat gazetasi asoschisini hech qanday sabab ko‘rsatmay qo‘lga olganlar, deb xabar qoldirishgan dushanba kuni huquq faollari Facebook sahifasida.

Oral shahridagi “Uralskaya nedelya” gazetasi rahbari Tamara Eslyamova, bosh muharrir Lukpan Ahmedyarovning uylariga ham organ xodimlari yuborilib, ularni uy hibsiga joylashtirgan, deb xabar berdi RFE/RL radiosi Qozog‘istondagi OAVni kuzatuvchi “Adil Soz” tashkilotiga asoslanib.

Hibslar yakshanba (16-dekabr) kuni boshlangan, shu kuni huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bir nechta inson huquqlari himoyachilarini, jumladan, mustaqillik kuniga bag‘ishlangan namoyishlar vaqtida qo‘lga olishgan.

Yakshanba kuni Oralda huquq-tartibot idoralari “Uralskaya nedelya” gazetasining jurnalistlari Maria Melnikova va Raul Uporovlarni ham qo‘lga olgan.

Sizga maqola yoqdimi?

0
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha *