O‘SH, Qirg‘iziston – O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov seshanba (18-dekabr) kuni O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari oʻrtasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyurdi, deb xabar berdi 24.kg nashri.
Seshanba kuni O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv Qirg‘iziston va O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari muxtor vakillari kengashining ikkinchi yigʻilishi boʻldi. Kengashning ilk uchrashuvi mart oyida Farg‘ona shahrida oʻtkazilgan.
Tomonlar chegara hududlarida savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilganlar.