Karvonsaroy

Qozog‘istonning “Ayka” filmi Oskarning xorijiy filmlar short-listidan joy oldi

Karvonsaroy

QOZOG‘ISTON – “Ayka” deb nomlangan qozoq filmi 2019-yilgi Oskar mukofoti uchun daʼvogarlik qiladigan 9 ta xorijiy tildagi filmlar roʻyxatiga kiritildi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi seshanba (18-dekabr) kuni.

Dastlabki ro‘yxat dushanba (17-dekabr) kuni AQSHdagi kinematografiya san’ati va fanlari akademiyasi tomonidan e’lon qilindi.

Qozog‘istonlik rejissyor Sergey Dvortsevoyning filmi qirg‘izistonlik ishsiz yolg‘iz onaning Moskvadagi hayot uchun kurashi haqida hikoya qiladi.

Filmda bosh rolni ijro etgan qozog‘istonlik aktrisa Samal Eslyamova may oyida Kann kinofestivalida “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘olib deb topilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500