Karvonsaroy

YI ijtimoiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Qirgʻizistonga 6,5 mln. yevro taqdim etdi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yevropa Ittifoqi (YI) seshanba (18-dekabr) kuni Qirgʻizistonga ijtimoiy himoya boʻyicha milliy dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 6,5 mln. yevro (517 mln. qirgʻiz soʻmi) oʻtkazib berdi, deyiladi Qirgʻizistondagi YI vakolatxonasi xabarida.

Bayonotga koʻra, Moliya vazirligi tez kunlarda mablagʻni qabul qilib oladi.

Bu umumiy qiymati 26 mln. yevroga teng 3 ta transhning ikkinchisidir. 4,25 mln. yevrolik dastlabki yordam 2016-yil boshida taqdim etilgan edi. Soʻnggisi esa 2019-yil oxiriga qadar amalga oshiriladi.

YIning yordamidan koʻzlangan asosiy maqsad – ijtimoiy xizmatlar sifati va koʻlamini kengaytirish, ijtimoiy himoya sohasiga oid avvalgi dasturlar doirasida erishilgan barqaror islohotlar va yutuqlarni mustahkamlash, shuningdek, ularning izchilligini taʼminlashdir. Bunda 2012-yilda qabul qilingan Bolalar toʻgʻrisidagi Kodeksda belgilanganidek, bolalarni himoya qilish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirishda xavf guruhiga kiruvchi bolalar uchun ijtimoiy xizmatlar sifati va koʻlamini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Ushbu mablagʻ Qirgʻiziston hukumatiga “ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlari samaradorligini oshirish, bu sohada davlat byudjetini toʻgʻri taqsimlash va samaradorlikni baholash, hukumat islohotlarining oʻrta muddatli ustuvorliklarini inobatga olgan holda ichki auditni kuchaytirish orqali xarajatlar monitoringini yaxshilashga” yordam beradi.

Yevropa Ittifoqi shuningdek, Mehnat, Ijtimoiy taraqqiyot va Moliya vazirliklari xodimlari uchun texnik va konsultativ yordam hamda treninglar tashkil etadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500