Karvonsaroy

AQSH Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligiga yuqori texnologik uskunalarni hadya qildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Chorshanba (19-dekabr) kuni AQSHning Bishkekdagi elchixonasi Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligiga zamonaviy kompyuterlar, noutbuklar, printer va boshqa uskunalarni hadya qildi, deyiladi elchixona bayonotida.

Bayonotga koʻra, taxminan 20 ming AQSH dollariga (1,4 million so‘m) teng bu jihozlar odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarda tergov va jinoiy ishlar samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Chorshanba kuni uskunalarni topshirish marosimida vazirlikning kriminal militsiya xizmati bo‘limi rahbari, polkovnik Nurbek Abdiyev hamda elchixonaning giyohvandlikka qarshi kurash va huquqni muhofaza qilish xalqaro idorasi (INL) rahbari Sandip Pol ishtirok etdi.

2001-yildan beri AQSH davlat departamentining INL dasturi doirasida Qirg‘izistonga texnik va moddiy sifatida 25 million AQSH dollaridan (1,7 milliard so‘m) ziyod mablag‘ ajratilgan.

Bu yordamlar natijasida “beshta muhim yo‘nalish: giyohvandlikka qarshi kurash, qonun ustuvorligi, huquqni muhofaza qilish idoralari va ijtimoiy nazoratdagi islohotlar, korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishildi”, deyiladi bayonotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bu kompyuterlarda hamma ma’lumotlarni AQSHga uzatadigan chiplar bo‘lsa kerak. Tekshirish kerak!

Javob berish

Tilanchilar

Javob berish